Jahon | 07:31 / 20.09.2025
4159
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va KXDR hamkorligi Pxenyandan ko‘ra Moskva uchun foydaliroq

Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik teng emas: Germaniyaning Fridrix Nauman jamg‘armasiga ko‘ra, Pxenyan bundan Moskvaga qaraganda ancha kam foyda ko‘radi.

Foto: Yonhap/YONHAPNEWS AGENCY/picture alliance

Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi «strategik sheriklik» teng emas: Pxenyan Moskva bilan harbiy hamkorlikdan sezilarli darajada kamroq foyda ko‘radi. Germaniyaning Fridrix Nauman jamg‘armasi tadqiqotida shunday xulosaga kelingan, deb xabar beradi dpa axborot agentligi.

«Shimoliy Koreya Rossiyaga katta miqdordagi qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va xodimlarni yetkazib bergan bo‘lsa-da, Moskvaning o‘zaro yordami nisbatan cheklangan bo‘lib, Shimoliy Koreya iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmagan», — deyiladi «Teng bo‘lmagan sheriklik» nomli tadqiqotda.

2023 yildan beri Shimoliy Koreya Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiyaga kamida 5,6 milliard dollarlik qurol-yarog‘, shuningdek, taxminan 15 ming askar yubordi. Buning evaziga Shimoliy Koreya asosan oziq-ovqat va havo hujumidan mudofaa tizimlari oldi. Janubiy Koreyaning Xankuk xorijiy tillar universiteti xodimi Yelena Guseynova boshchiligidagi ekspertlarning fikricha, Shimoliy Koreyaga katta miqdordagi xorijiy valuta kelib tushmagan.

Mavzuga oid