Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda sudya yordamchisi DXX tomonidan qo‘lga olindi
Termiz tuman sudi sudya yordamchisining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudining sudya yordamchisi xizmat mavqeidan foydalangan holda mazkur tuman sudida ko‘rilayotgan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish bo‘yicha huquqbuzarga nisbatan yengillik yaratib berishi evaziga dastlab 500 ming so‘m pul mablag‘ini olib, qo‘shimcha ravishda 800 AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda sudya yordamchisi o‘zining qarindoshi vositachiligida 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:09 / 31.03.2026
Surxondaryoda pensionerlar ishtirokidagi narkoguruh fosh etildi
12:29 / 26.03.2026
Noqonuniy tilla savdosi: tezkor tadbirlarda yirik holatlar aniqlandi
09:00 / 26.03.2026
Amudaryoda qayiqda suzib o‘tgan narkokurer 10 kg gashish bilan ushlandi
11:59 / 25.03.2026