Jahon | 07:45 / 22.09.2025
2632
1 daqiqa o‘qiladi

London Putinning gurjistonlik tarafdorlariga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Gurjistonlik siyosatchi va mediamagnat Levan Vasadze hamda sobiq bosh prokuror Otar Parsxaladze Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qo‘llab-quvvatlagani uchun Buyuk Britaniyaning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.

Foto: Michael Kappeler/dpa/picture alliance

Buyuk Britaniya Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushining Gurjistonga aloqador tarafdorlariga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qildi. Tegishli hujjat Buyuk Britaniya hukumati saytida e’lon qilindi.

Gurjistonlik siyosatchi va mediamagnat Levan Vasadze o‘z media platformalaridan rossiyaparast kayfiyatdagi dezinformatsiya tarqatishda foydalangani uchun cheklovlarga duchor bo‘ldi. Bundan tashqari, Rossiya va «Gurjiston orzusi» partiyasining yuqori bo‘g‘inlari bilan keng aloqaga ega bo‘lgan sobiq bosh prokuror va gruziyalik tadbirkor Otar Parsxaladzega nisbatan ham cheklov choralari qo‘llangan.

Ikki neft tankeriga ham Rossiya neftini Gurjistonning Batumi portiga Rossiyaning «soyadagi floti» tarkibida olib o‘tgani uchun sanksiya qo‘yilgan. Ushbu kemalarga Buyuk Britaniya portlariga kirish taqiqlangan va Buyuk Britaniya yuk tashish reyestriga kiritilishi man etilgan.

Mavzuga oid