Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Jo Baydenning sobiq yordamchisiga Rossiya fuqaroligini berdi
Tara Rid 2020 yilda Jo Baydenni shilqimlikda ayblagan edi. U 2023 yilda Rossiyaga ko‘chib o‘tgan.
Foto: Global Look Press
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh sobiq prezidenti Jo Baydenning sobiq yordamchisi Tara Ridga Rossiya fuqaroligini berdi. Tegishli farmon Kreml saytida e’lon qilindi, deb yozdi RBK.
Rid 1990-yillarning boshida Bayden senator bo‘lganida uning ofisida yordamchi bo‘lib ishlagan.
2020 yilda Bayden prezidentlikka nomzodini qo‘yganida, Rid uni birgalikdagi faoliyati davomida sodir bo‘lgan zo‘ravonlikda ayblagan edi. Baydenning shtabida ayblovlar rad etildi, unga nisbatan hech qanday rasmiy ayblov qo‘yilmadi.
Rid 2023 yilda Rossiyaga ko‘chib o‘tgan va buni AQShda tahdidlar bo‘layotgani bilan izohladi. Ko‘chib o‘tgandan so‘ng, u RT propaganda telekanali bilan hamkorlik qildi.
Umuman olganda, Rossiya fuqaroligini olish uchun uning talabgori mamlakatda kamida besh yil qonuniy yashagan bo‘lishi kerak.
Mavzuga oid
23:35 / 14.02.2026
“Trampdan 2028-yilda aniq qutulamiz” – Myunxenda AQShning siyosati keskin tanqid qilindi
15:28 / 14.02.2026
Ukraina, Rossiya va AQSh muzokaralarining yangi raundi Jyenevada o‘tadi
14:21 / 14.02.2026
Rossiya “Urushga qarshi qo‘mita”ni “terroristik” deb tan olmoqchi
14:03 / 14.02.2026