Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yana bir avtobus piyodani urib ketgani ma’lum bo‘ldi
Holat Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan. 57-avtobus Choshtepa ko‘chasi bo‘ylab bekatga burilyotganda 18 yoshli piyodani urib yuborgan. Piyoda shifoxonaga olib borilgan va unga birinchi yordam ko‘rsatilgan. Hozirda uning holati yaxshi ekani aytilmoqda. Avvalroq Kichik beshyog‘och ko‘chasida avtobus tez tibbiy yordam yo‘lagidan harakatlanib, odam urib yuborgandi.
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Yutong elektrobuslaridan biri piyodani urib, bosib ketgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat”ning munosabat bildirishicha, voqea 19 sentabr kuni soat 06:53 larda 4-Avtobus saroyi filiali tasarrufidagi 57-avtobus bilan sodir bo‘lgan.
2000 yilda tug‘ilgan va umumiy mehnat faoliyati 3 yil bo‘lgan haydovchi avtobusni Yangihayot tumani Choshtepa ko‘chasi bo‘ylab boshqarib kelib, Erkin qo‘rg‘oni oxirgi bekatiga kirayotganida bekat hududidan o‘tayotgan piyodani transport vositasining o‘ng yon tomoni bilan urib, bosib ketgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro 2007 yilda tug‘ilgan.
Haydovchi zudlik bilan avtobus harakatini to‘xtatib, piyodani shahar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borgan va unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda piyodaning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.
“Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi o‘rnatilgan tartibda Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, dastlabki tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 18 sentabr kuni poytaxtning Kichik beshyog‘och ko‘chasida ham shunga o‘xshash holat yuzaga kelgandi. Tirbandlikdan qochib, tez yordam uchun maxsus yo‘lakdan harakatlangan avtobus oldidan chiqqan piyodani urib yuborgandi.
Mavzuga oid
19:09 / 16.02.2026
Toshkentda bir oyda avtobusda chiptasiz yurgan 11,5 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi
20:15 / 15.02.2026
Toshkentda ilk bor velotrek bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi
15:06 / 14.02.2026
Toshkentda qanday qilib yo‘lkirada pul tejash mumkin?
19:36 / 13.02.2026