O‘zbekiston | 09:02 / 23.09.2025
2596
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Boeing bilan sheriklikni kengaytiradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida Boeing Global kompaniyasi prezidenti Brendan Nelson bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Boeing - dunyodagi eng yirik aviatsiya va kosmik texnika ishlab chiqaruvchilardan biri.

O‘zbekiston ushbu kompaniyaning ko‘p yillik strategik hamkori ekani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bu galgi tashrif chog‘ida imzolangan Boeing samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma va uzoq muddatli hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni o‘z vaqtida amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid