Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Turkmaniston chegarasida savdo zonasi qurilishi yakunlanmoqda
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 sentabr kuni Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbari Turkmaniston prezidentini tavallud kuni bilan tabriklab, unga mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, qardosh turkman xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Faol siyosiy muloqot va samarali idoralararo aloqalar yo‘lga qo‘yilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat va energetikada kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. "Shovot-Toshovuz" savdo zonasi qurilishi yakunlanmoqda. O‘zbekistonda Hududlar forumi, ko‘rgazma, Turkmaniston madaniyati va kinosi kunlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari va bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
Muloqot so‘ngida davlat rahbari Turkmaniston prezidenti va xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:29 / 02.03.2026