Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampning maxsus vakilini qabul qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 sentabr kuni BMT Bosh assambleyasi 80-yubiley sessiyasi tadbirlari doirasida o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Serjio Gor AQSh prezidenti Donald Trampning samimiy salomini yetkazdi.

Joriy yil 5 sentabr kuni ikki mamlakat yetakchilarining telefon orqali muloqotida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan O‘zbekiston-AQSh strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Jadal siyosiy muloqot, turli darajadagi delegatsiyalar almashinuvi hamda ishbilarmonlik aloqalari sur’ati ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Shu kunlarda Nyu-York shahrida AQShning yetakchi kompaniyalari bilan ko‘plab samarali uchrashuv va tadbirlar o‘tkazildi. Fuqaro aviatsiyasi, tog‘-kon sanoati, moliya va innovatsiyalar, kimyo, energetika va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda umumiy qiymati 100 milliard dollardan ziyod bo‘lgan shartnomalar va istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirildi.

Yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish uchun AQSh Eksimbanki va DFC jamg‘armasi imkoniyatlaridan foydalanish, ularni amalga oshirishni jadallashtirish uchun qo‘shma muvofiqlashtiruvchi qo‘mita ta’sis etish muhimligi qayd etildi.
Xavfsizlik, terrorizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohalaridagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.
Bo‘lajak tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
18:06 / 14.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026