Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 noyabrdan aholining ayrim toifalarini ro‘yxatga olish tashkil etiladi
Prezidentning “O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Ro‘yxatga olishning asosiy maqsadlari:
- mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash uchun 38 million aholining tarkibi va migratsiyasi, oilaviy holati, faoliyat turi, daromad manbalari to‘g‘risida Yevropa statistiklari konferensiyasining 2020 yildagi tavsiyalari asosida yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
- 26 million gektar yerlardan foydalanish holatini o‘rganish, chorva mollari va parrandalar sonini aniqlash yo‘li bilan qishloq xo‘jaligiga yillik yo‘naltirilayotgan 25,6 trln so‘m, jumladan 2,2 trln so‘m budjet mablag‘larining samarali sarflanishini ta’minlash, sohadagi xizmatlar hajmini aniqlash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun zarur ma’lumotlar bazasini yaratish;
- aholi va qishloq xo‘jaligining o‘sish tendensiyalarini hududlar kesimida aniq hisob-kitob qilgan holda ijtimoiy soha obektlarini kengaytirishga yillik yo‘naltirilayotgan 25,2 trln so‘mning manzilli sarflanishi;
- xalqaro darajada qiyoslanuvchi ma’lumotlarni shakllantirish orqali mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash.
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish 2026 yil 15 yanvardan 28 fevralga qadar o‘tkaziladi. Ro‘yxatga olishni tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi va hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi tasdiqlandi.
Ro‘yxatga olishni o‘tkazish uchun "mahalla yettiligi" xodimlari jalb etiladi, ularga planshetlar beriladi. Ro‘yxatga olishga jalb etiladigan xodimlar uchun ularning asosiy ish joyi, lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlanadi, ular "O‘zbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash" loyihasi doirasida MHTEKMning bir yarim baravari miqdorda (soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni inobatga olgan holda) bir martalik rag‘batlantiriladi.
Davlat organlari va tashkilotlar o‘z xodimlarini census.stat.uz portalida internet orqali ro‘yxatga olishni o‘tkazadi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari, shuningdek davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalarini census.stat.uz portalida ro‘yxatga olishni o‘tkazadi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Fermerlar kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shuningdek tuman (shahar)lar bilan birgalikda yuridik shaxs tashkil etgan fermer va dehqon xo‘jaliklari, asosiy faoliyati qishloq xo‘jaligi bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchi korxona va tashkilotlarni internet orqali ro‘yxatga olishni o‘tkazadi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Mudofaa vazirligi, FVV, Milliy gvardiya, IIV, DXX, TIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga 2025 yil 1 noyabrdan boshlab aholining ayrim toifalarini ro‘yxatga olishni tashkil etish (ro‘yxat bo‘yicha) yuzasidan topshiriq berildi.
Mavzuga oid
10:00 / 13.04.2026
Oliy ta’limda milliy tadqiqot universitetlari tashkil etiladi
10:11 / 08.04.2026
“Mening bog‘im” loyihalariga deputatlar aralashuvi kuchaytiriladi
09:45 / 07.04.2026
O‘zbekistonda “spin-off” korxonalari tashkil etiladi
15:19 / 02.04.2026