Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO havo himoyasi bo‘yicha barcha zarur vositalarni qo‘llashga va’da berdi
Shimoliy Atlantika kengashi Bryusseldagi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha NATO davlatlari xalqaro huquqqa muvofiq harbiy va noharbiy vositalardan foydalangan holda o‘z hududlarini qat’iy himoya qilishini bildirdi.
23 sentabr, seshanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan yig‘ilish yakunlari bo‘yicha NATOning asosiy siyosiy qaror qabul qiluvchi organi bo‘lmish Shimoliy Atlantika kengashi: «Rossiya hech qanday shubhasiz bir narsani bilishi kerak: NATO xalqaro huquq normalariga muvofiq o‘zini himoya qilish va barcha yo‘nalishdagi tahdidlar oldini olish uchun barcha zarur harbiy va noharbiy vositalardan foydalanadi», deya ma’lum qildi. Dpa'ning qayd etishicha, hujjatda alyans hududida har qanday tahdidning oldini olish uchun nafaqat dronlar, balki Rossiya samolyotlari ham urib tushirilishi mumkinligi yana bir bor ta’kidlangan.
NATO Rossiya hujumlariga «qat’iy» javob beradi, deb va’da qildi ittifoqchilarning Yevropadagi birlashgan kuchlari qo‘mondoni, AQSh harbiy-havo kuchlari general-leytenanti Aleksus Grinkevich. Uning ta’kidlashicha, ittifoqchilar «Rossiyaning bu va boshqa mas’uliyatsiz harakatlari tufayli Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlaridan voz kechmaydi».
Rossiyaning so‘nggi paytlarda NATO havo hududiga bostirib kirishi «Rossiyaning mas’uliyatsiz xatti-harakatlari kengroq namunasi»ning bir qismidir, deya ta’kidladi alyans Moskvani bunday harakatlarni to‘xtatishga chaqirib. Bunday harakatlar «eskalatsiya, noto‘g‘ri hisoblash xavfini keltirib chiqaradi va hayotga xavf tug‘diradi», deya qo‘shimcha qilindi NATOda.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026