Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik migrantlar foydasiga 6 mln dollardan ortiq mablag‘ undirib berildi
Markaziy Osiyo davlatlarining III parlamentlararo forumi doirasida migratsiya, mehnat oqimi, iqtisodiy barqarorlik va fuqarolar huquqlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan mavzu bilan bog‘liq sessiya bo‘lib o‘tdi.
Foto: Senat.uz
Migratsiya mintaqa rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan tabiiy ijtimoiy-iqtisodiy hodisa ekani qayd etildi. Bunda migratsiyani adolatli va xavfsiz boshqarish faqat mustahkam qonunchilik bazasi, samarali institutlar va siyosiy iroda mavjud bo‘lgandagina mumkinligi ta’kidlandi.
Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Odiljon Mamatkarimov o‘z ma’ruzasida O‘zbekistonda mehnat migrantlari huquqlarini ta’minlash va ular faoliyati uchun xavfsiz sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Mamlakatda 20 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingani, shuningdek, Migratsiya masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, Migratsiya jamg‘armasi va Migratsiya agentligi samarali faoliyat yuritayotgani ta’kidlandi. O‘zbekiston qonuniy va uyushgan mehnat migratsiyasiga tizimli yondashuvni joriy etib, Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikni izchil rivojlantirmoqda. Kadrlar tayyorlash markazlari tashkil etildi, fuqarolarni moliyaviy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash choralari kengaytirildi, chet elda ishga joylashish geografiyasi kengaymoqda.
Fuqarolarning huquq va manfaatlari, ular qaysi mamlakatda bo‘lishidan qat’i nazar, himoya qilinishi kerak, degan prinsipial pozitsiyaga urg‘u berildi. 2020–2024 yillarda mehnat huquqlarining buzilishi holatlari bo‘yicha O‘zbekistondan 14 mingga yaqin migrant foydasiga 6 mln AQSh dollaridan ortiq mablag‘ undirilgan.
Mavzuga oid
20:56 / 04.12.2025
Janubiy Koreya noqonuniy migrantlarning ixtiyoriy ravishda chiqib ketishi uchun 90 kunlik dastur e’lon qildi
18:37 / 01.12.2025
Rossiyada 1 dekabrdan chegarani kesib o‘tgan xorijliklardan biometriya yig‘ish boshlandi
10:27 / 29.11.2025
AQShdagi o‘zbekistonlik haydovchilar kuchaytirilgan migratsiya reydlari haqida ogohlantirildi
23:31 / 28.11.2025