Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Immigratsiya xizmati ofisi o‘qqa tutildi, qurbonlar bor
Noma’lum qurolli shaxs Dallasdagi AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) idorasiga miltiqdan o‘t ochdi. Ikki muhojir halok bo‘ldi, yana biri og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Qurollangan shaxs o‘z joniga qasd qildi.
24 sentabr, chorshanba kuni noma’lum qurolli shaxs AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE)ning Dallasdagi idorasiga miltiqdan o‘t ochdi, ikki muhojir halok bo‘ldi, yana biri og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Qurollangan shaxs o‘z joniga qasd qildi. ICE xodimlaridan hech kim jabrlanmadi, deb xabar bermoqda Reuters.
Hujum yaqinda AQSh immigratsiya qonunchiligini buzganlikda gumon qilinib qo‘lga olingan shaxslarni oldindan ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqa ma’muriy tartib-qoidalar bilan shug‘ullanuvchi idoraga amalga oshirilgan. Xabarlarga ko‘ra, qo‘shni binoning tomidan o‘q uzilgan. O‘qlarning bir qismi keyinchalik o‘ldirilgan va yaralangan muhojirlar bo‘lgan bino yonida turgan furgonga qarata otilgan.
FTB direktori Kesh Patel ijtimoiy tarmoqqa hujumchi tomonidan foydalanilmagan gilzalar ko‘rsatilgan suratni joylashtirdi. Ulardan birida ANTI-ICE deb yozilgan. «Tergov davom etayotgan bir paytda, dalillarning dastlabki tahlili ushbu hujumning mafkuraviy sababini ko‘rsatadi», dedi Patel.
Mavzuga oid
18:46 / 06.06.2026
AQShdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
08:29 / 06.06.2026
Trampning immigratsiya bo‘yicha qarorlari sudda rad etildi
08:15 / 06.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozida harbiy taranglik yana avj oldi
22:15 / 05.06.2026