Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston AQShga Rossiya neftidan voz kechish shartlarini ma’lum qildi
Nyu-Dehli sanksiyalar ostida bo‘lgan Eron va Venesueladan neft sotib olishga ruxsat so‘radi.
Foto: Anadolu/Getty Images
Hindiston rasmiylari Tramp ma’muriyatidan Rossiya nefti importini sezilarli darajada qisqartirish evaziga sanksiyalar ostida bo‘lgan Eron va Venesueladan neft sotib olishga ruxsat berishni so‘radi, deb yozdi Bloomberg.
Shu hafta AQShga tashrif buyurgan delegatsiya rasmiylar bilan uchrashuvlar chog‘ida bu iltimosni takrorladi, dedi agentlikka muzokaralardan xabardor manba.
Hindiston vakillarining ta’kidlashicha, Rossiya, Eron va Venesueladan – eng yirik ta’minotchilardan neft yetkazib berishning bir vaqtning o‘zida to‘xtatilishi jahon bozorida neft narxining keskin ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Muzokaralar Vashington Rossiya bilan neft savdosi uchun Hindistonga qarshi qat’iy tariflar joriy qilganidan so‘ng bo‘lib o‘tdi, biroq ta’kidlanishicha, mamlakat Rossiya neftini kichikroq hajmda bo‘lsa ham import qilishda davom etmoqda.
Hindiston savdo vaziri Piyush Goyyal shu hafta Nyu-Yorkda Amerika neft va gazi xaridlarini ko‘paytirish istagini bildirdi.
«Bizning energiya xavfsizligi maqsadlarimiz unda AQSh ishtirokining juda yuqori ulushini nazarda tutadi», dedi u.
Bloomberg nashrining yozishicha, Hindistonning neftga bo‘lgan ehtiyojining deyarli 90 foizi import hisobidan qoplanadi va Rossiyaning arzonroq ta’minoti mamlakatning import hisobiga yukni kamaytirishga yordam beradi. Iyul oyida neftni qayta ishlash zavodlari Rossiya neftining bir barreli uchun o‘rtacha 68,90 dollar, Saudiya Arabistoni nefti uchun 77,50 dollar va Amerika nefti uchun 74,20 dollar to‘lagan. Hindiston tankerlar orqali yetkazib beriladigan Rossiya neftining eng yirik xaridori hisoblanadi.
Avvalroq Tramp Hindistonni va Xitoyni Rossiya-Ukraina urushining eng yirik homiylari deb atagan edi. Oq uy rahbari so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakatlar Rossiya neftini sotib olish orqali harbiy tajovuzni moliyalashtirmoqda.
Mavzuga oid
11:00 / 07.12.2025
Hindistonlik jurnalist Putindan nima uchun Donbassdagi rusiyzabon va Rossiyani qo‘llovchi ukrainlarning uylarini yakson etayotganini so‘radi
01:22 / 07.12.2025
AQSh Ukrainaga ko‘proq qurol yetkazib berishni va’da qildi – OAV
21:54 / 06.12.2025
Putin dengiz blokadasi bilan tahdid qildi. RF armiyasi bunga qodirmi?
16:15 / 06.12.2025