Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonlik erkak qamoqda bemalol yashash uchun jinoyat sodir etdi
U o‘z harakatlarini ozodlikdan mahrum etish joylarida bepul oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlanish istagi, hozir doimiy yashash joyiga ega emasligi bilan izohladi.
Foto: kazaknews.kz
Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatida terakt haqida uchinchi marta yolg‘on xabar bergan erkak sudlandi. Ma’lum bo‘lishicha, u bu ishni yana koloniyaga tushish uchun ataylab qilgan.
Arshalin tuman sudi terrorchilik harakatlari haqida bila turib yolg‘on xabar bergani uchun ilgari ikki marta sudlangan cho‘ponga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqdi. 2025 yil avgust oyida u 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, go‘yoki Ostonadagi avtovokzalga bomba qo‘yilganini aytgan edi. Favqulodda xizmatlar voqea joyiga yetib bordi, biroq xabar tasdiqlanmadi.
«Sudda M. aybiga iqror bo‘ldi va o‘z harakatlarini ozodlikdan mahrum etish joylarida bepul oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlanish istagi, hozir doimiy yashash joyiga ega emasligi bilan izohladi», deyiladi xabarda.
Sud erkak ilgari ham shunga o‘xshash jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilgani, ammo tegishli xulosa chiqarmaganini inobatga oldi. Unga ikki yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid
09:36 / 14.02.2026
Qozog‘istonlik sportchi Olimpiada-2026da oltin medalni qo‘lga kiritdi
17:07 / 12.02.2026
Qozog‘istonda Konstitutsiyani yangilashmoqchi. Bu To‘qayevning hokimiyatini mustahkamlashi mumkin
18:44 / 11.02.2026
Qozog‘istonda yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum sanasi belgilandi
10:44 / 11.02.2026