Qozoğistonning Oqmöla viloyatida terakt haqida uçinçi marta yolğon xabar bergan erkak sudlandi. Ma’lum bölişiça, u bu işni yana koloniyaga tuşiş uçun ataylab qilgan.

Arşalin tuman sudi terrorçilik harakatlari haqida bila turib yolğon xabar bergani uçun ilgari ikki marta sudlangan çöponga nisbatan jinoyat işini körib çiqdi. 2025 yil avgust oyida u 112 raqamiga qönğiroq qilib, göyoki Ostonadagi avtovokzalga bomba qöyilganini aytgan edi. Favqulodda xizmatlar voqea joyiga yetib bordi, biroq xabar tasdiqlanmadi.

«Sudda M. aybiga iqror böldi va öz harakatlarini ozodlikdan mahrum etiş joylarida bepul oziq-ovqat va kiyim-keçak bilan ta’minlaniş istagi, hozir doimiy yaşaş joyiga ega emasligi bilan izohladi», deyiladi xabarda.

Sud erkak ilgari ham şunga öxşaş jinoyatlar uçun javobgarlikka tortilgani, ammo tegişli xulosa çiqarmaganini inobatga oldi. Unga ikki yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.