Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapurdagi elchixona o‘zbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqdi
Singapurda bo‘lgan yoki ushbu mamlakatga safar qilishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi.
Foto: Kun.uz
2025 yil 1 sentabrdan boshlab Singapurda tamaki mahsulotlarini qizdiruvchi qurilmalar (IQOS va boshqalar) hamda elektron sigaretalar (veyplar), ayniqsa, K-pods turidagi va tarkibida etomidat mavjud bo‘lgan veyplarga qarshi yanada qat’iy qonunchilik choralari kuchga kirdi.
Singapurda veyplar va shunga o‘xshash qurilmalarni olib kirish, sotish, saqlash va foydalanish mutlaqo taqiqlanadi.
Saqlash yoki chekish uchun – 2 000 singapur dollarigacha jarima.
Sotish yoki olib kirish uchun – 10 000 singapur dollarigacha jarima va/yoki 6 oygacha qamoq (takroriy hollarda – 20 000 singapur dollarigacha va/yoki 12 oygacha qamoq).
Takroriy hollarda majburiy reabilitatsiya va keyinchalik jinoiy javobgarlikka tortilish mumkin.
Singapur K-pods turidagi veyplarni giyohvand moddalar bilan bog‘liq qurilma sifatida baholaydi, etomidat esa rasmiy ravishda S sinfdagi giyohvand moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Saqlash yoki iste’mol qilish uchun – majburiy kuzatuv va reabilitatsiya dasturi; takroriy hollarda jinoiy javobgarlik.
Kontrabanda uchun – 3 yildan 20 yilgacha qamoq va 5 tadan 15 tagacha qamchin jazosi.
Sotish va tarqatish uchun – 2 yildan 10 yilgacha qamoq va 2 tadan 5 tagacha qamchin jazosi.
Qonun Singapur fuqarolariga ham, xorijliklarga ham, shu jumladan talabalar va ish vizasi egalariga ham birdek tatbiq etiladi. Qonunbuzilishi quyidagilarga olib kelishi mumkin:
qo‘lga olinish va ozodlikdan mahrum etish;
katta miqdordagi jarimalar;
deportatsiya va mamlakatga qayta kirish huquqidan mahrum etish.
O‘zbekiston fuqarolariga elektron sigaretalar yoki shunga o‘xshash qurilmalarni Singapurga olib kirish va ulardan foydalanishdan qat’iy ravishda voz kechish tavsiya etildi.
Mavzuga oid
07:15 / 08.11.2025
2025 yilda dunyodagi eng boy mamlakatlar reytingi
21:17 / 06.11.2025
Singapurda onlayn firibgarlik uchun darralash jazosi joriy etildi
20:06 / 05.10.2025
McLaren Formula-1 konstruktorlar kubogini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi
07:26 / 06.09.2025