May oyining oxirida Sergeli avtomobil bozorida tezkor tadbir ötkazilib, vositaçilik va olibsotarlik faoliyati bilan noqonuniy şuğullanib kelgan 100 kişi aniqlangani va ulardan 30 nafariga nisbatan ma’muriy qamoq yoki jarima jazosi tayinlangani ma’lum qilingandi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Sergeli avtomobil bozori hududida noqonuniy savdo-sotiq bilan şuğullanib kelayotgan şaxslarning suratlari tuşirilgan ogohlantiriş stendi paydo bölgan. Maxsus e’lonlar taxtasiga jami 40 nafar şaxsning fotosuratlari ilova qilingan. Ularning 39 nafari erkak, 1 nafari ayol kişi. Har bir surat tagida fuqaroning ism-familiyasi va tuğilgan yili aniq körsatilgan.

Bannerning pastki qismida bozorga taşrif buyuruvçi xaridorlarni huşyorlikka çaqiruvçi "OGOH BÖLING, ALDANIB QOLMANG !!!" degan jumla yirik, qizil harflar bilan yozib qöyilgan.
Yillar davomida xalq tilida “saygaklar” deb ataluvçi şaxslar xaridor va sotuvçi örtasida bevosita muloqotning kamayişiga va sun’iy narx oşişiga sababçi bölib keladi.











