Jahon | 12:17 / 25.09.2025
3176
2 daqiqa o‘qiladi

VsIOM so‘rovi: rossiyaliklar «kuchli yetakchi»ni talab qilmay qo‘ydi

VsIOM so‘roviga ko‘ra, so‘nggi 25 yil ichida «kuchli yetakchi»ni mamlakat uchun ustuvor vazifa deb hisoblaydigan Rossiya fuqarolari ulushi 72 foizdan 28 foizga kamaydi.

Foto: VsIOM

Prezident Vladimir Putinning 25 yillik boshqaruvi davomida Rossiya fuqarolarining «kuchli yetakchi» va «kuchli davlat»ga bo‘lgan talabi bir necha barobar kamaydi. Bu 23 sentabr, seshanba kuni e’lon qilingan Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish davlat markazi (VsIOM) tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalarida ko‘rinadi.

2000 yilda rossiyaliklarning 72 foizi mamlakatning asosiy ehtiyoji «kuchli liderda» ekanini aytgan bo‘lsa, 2025 yilda respondentlarning atigi 28 foizi shunday degan. Xuddi shu ko‘rsatkich Rossiyaga «kuchli davlat» kerakligini ta’kidlaganlar sonini ko‘rsatadi — 2000 yildagi 59 foizga nisbatan.

1990-yillarda Rossiyada paydo bo‘lgan «kuchli qo‘l»ga bo‘lgan talab «aftidan, yopildi», deya izoh berdi davlat sotsiologlari bu natijalarga.

Rossiya uchun ustuvor yo‘nalishlar orasida respondentlarning ko‘pchiligi (31 foiz) «madaniyat va ma’naviyatni tiklash»ni tilga olgan — 25 yil oldin bu ko‘rsatkich 27 foizni tashkil etgan. «Vatanparvarlik tuyg‘usining tiklanishi»ni respondentlarning 29 foizi (2000 yilda 27 foiz), 22 foizi esa «an’analarning tiklanishi»ni (14 foizdan) muhim deb atagan. 

Mavzuga oid