Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: NATOning havo hodisalari bo‘yicha pozitsiyasi Moskvaga yetkazildi
Shimoliy Atlantika alyansi Rossiya harbiy samolyotlari ittifoq mamlakatlari havo hududiga bostirib kirsa, ularni urib tushirishga tayyor, deb xabar bermoqda Bloomberg manbalari.
Foto: AFP
Moskva, agar Rossiya harbiy samolyotlari ittifoq mamlakatlari havo hududini yana buzsa, NATO kuchlari javob berishga tayyorligi haqida ogohlantirilgan. Bunday chora-tadbirlar samolyotni urib tushirishni o‘z ichiga oladi, deb xabar berdi Bloomberg 25 sentabr, payshanba kuni nomi oshkor etilmagan Yevropa siyosiy manbalariga tayanib.
Bloomberg manbalariga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya diplomatlari Moskvada hamkasblari bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazgan. Yig‘ilishda yevropaliklar sentabr oyi o‘rtalarida Estoniya havo hududiga uchta MiG-31 qiruvchi samolyotining kirib kelishidan xavotir bildirdi. Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha NATO vakillari ushbu havo qoidabuzarligi qasddan sodir etilgan va Rossiya qo‘mondonligi buyrug‘i bilan amalga oshirilgan degan xulosaga keldi, deya xabar beradi agentlik. Qayd etilishicha, bu Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari Polsha osmoniga bostirib kirganidan ko‘p o‘tmay sodir bo‘lgan va birgalikda bu hodisalar Rossiyaning NATOni «tekshirishga» urinishidek ko‘rinadi.
Berlin Moskvadagi uchrashuvni tasdiqladi. Germaniya hukumati vakilining so‘zlariga ko‘ra, diplomatlar Moskvani chegaradagi bunday buzilishlarni to‘xtatish zarurligi haqida xabardor qilgan. Buyuk Britaniya va Fransiya vakillari Bloomberg agentligiga izoh bermadi.
Mavzuga oid
22:27 / 15.12.2025
Ukraina harbiylari Rossiya suvosti kemasi yo‘q qilingani haqida xabar berdi
19:30 / 15.12.2025
Migratsiya agentligi Moskvadagi muhtoj migrantlarni vaqtinchalik yashash joyi bilan ta’minlaydi
16:31 / 15.12.2025
Ukraina nomidan Rossiyaga ko‘rsatilayotgan bosim davom etadi – MI6
08:40 / 15.12.2025