Jamiyat | 17:55 / 26.09.2025
2436
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Cheklov ta’mirlash ishlari tufayli 3 kun davom etadi.

Toshkent shahridagi Shota Rustaveli ko‘chasining Janubiy vokzaldan Yangi Sergeli ko‘chasigacha («O‘zgarish» ko‘prigi) bo‘lgan qismida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Yo‘l ta’mirlash ishlari tufayli 26 sentabr soat 17:00 dan 29 sentabr soat 7:00 gacha yopiladi.

Hokimlik haydovchilarga safarni oldindan rejalashtirishni va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid