Jamiyat | 14:34 / 27.09.2025
4936
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda 21 yoshli mast haydovchi 2 ta mashina bilan to‘qnashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Andijon viloyatidagi yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi.

2025 yil 25 sentabr kuni soat 23:20 larda Baliqchi tumani "Markaz MFY" hududidagi tartibga solingan chorrahada yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

2004 yilda tug‘ilgan haydovchi A.D. (haydovchilik guvohnomasiga ega emas) mast holda o‘zining “Nexia-2” rusumli transport vositasini “Chinobod - Baliqchi” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotib, oraliq masofa saqlay olmasdan, oldinda svetoforning qizil ishorasida to‘xtab turgan “Kobalt” va “Nexia-3” rusumli transport vositalari orqa qismiga borib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Ushbu YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q, transport vositalari texnik shikastlangan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Baliqchi tumani IIB YHXX xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, transport vositasini mast holda boshqarish BHMning 40 baravarida jarima solishga hamda transport vositasini 3 yilgacha boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi belgilangan.

Mavzuga oid