Jahon | 10:41 / 27.09.2025
3680
2 daqiqa o‘qiladi

Netanyahu BMTda Falastinning tan olinishini G‘arb uchun sharmandalik deb atadi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu BMT Bosh assambleyasida so‘zlagan nutqida bir qancha G‘arb davlatlari tomonidan Falastin davlatini tan olinishini keskin tanqid qildi. U buni «sharmandalik» va «toqatsiz fanatiklar uchun eng oliy mukofot» deb atadi.

Foto: Angela Weiss/AFP/Getty Images

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu yaqinda Falastin davlatini tan olgan G‘arb davlatlarini faollar bosimiga berilib ketganlikda ayblab, ularni keskin tanqid qildi.

Netanyahu 26 sentabr, juma kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasida o‘zining 40 daqiqalik nutqida G‘azo sektorida HAMAS guruhi yo‘q qilinmaguncha yoki qurollarini tashlamaguncha unga qarshi urushni davom ettirishga va’da berdi. «Oxirgi elementlar, HAMASning so‘nggi qoldiqlari G‘azo shahrida joylashdi. Ular kuchlari qanchalik kamaytirilmasin, 7 oktyabrdagi vahshiyliklarni qayta-qayta takrorlashga va’da berdi. Shuning uchun Isroil ishni tugatishi kerak. Shuning uchun biz buni imkon qadar tezroq qilishni xohlaymiz», deb e’lon qildi Isroil bosh vaziri.

G‘azo sektorida ushlab turilgan isroilliklarga murojaat qilib, u ibroniy tilida shunday dedi: «Biz sizni bir soniya ham unutganimiz yo‘q».

Binyamin Netanyahu nutqi oldidan ko‘plab delegatsiyalar BMT Bosh assambleyasi zalini tark etdi, tribunadagi ayrim tomoshabinlar esa uni uzoq qarsaklar bilan kutib olgan, deya xabar beradi dpa axborot agentligi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid