Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldova parlament saylovlarida hukmron partiya g‘alaba qozondi
Moldova Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, hukmron «Harakat va birdamlik» partiyasi 50,15 foiz ovoz olgan. Vatanparvarlar bloki 24 foizdan sal ko‘proq ovoz oldi. Saylovchilarning deyarli 52 foizi qatnashdi.
Foto: AP / Scanpix
Moldovaning hukmron "Harakat va birdamlik" partiyasi (PAS) kecha bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida saylov byulletenlarining 99,87 foizi hisoblab chiqilganidan so‘ng 50,15 foiz ovoz bilan ishonchli tarzda yetakchilik qilmoqda. Moldova Markaziy saylov komissiyasi bu raqamlarni 29 sentabr, dushanba kuni ertalab e’lon qildi.
Eng yaqin raqib – rossiyaparast Vatanparvarlar blokini saylovchilarning 24,19 foizi qo‘llab-quvvatladi. "Muqobil" bloki 7,97 foiz ovoz oldi. Balsi shahrining sobiq meri Renato Usatiy boshchiligidagi "Bizning partiya" 6,2 foiz, yevropaparast «Demokratiya uyda» siyosiy kuchi esa 5,62 foiz ovoz yig‘di.
Ushbu natijalar PAS'ga parlamentdagi 101 tadan kamida 54 ta o‘rinni kafolatlaydi. Bu uning ketayotgan parlament tarkibidagi 61 o‘ringa nisbatan mutlaq ko‘pchilikni saqlab qolishini ta’minlaydi.
Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, ovoz berishda saylovchilarning 52,1 foizi ishtirok etgan. Saylovda 14 partiya, to‘rt blok va to‘rtta mustaqil nomzod qatnashdi. Saylovda 1,6 milliondan ortiq kishi ishtirok etdi, jumladan, 264 ming nafari xorijdagi saylov uchastkalarida.
Mavzuga oid
12:53 / 08.11.2025
«Lukoyl» Moldovada 21 noyabrdan faoliyatini to‘xtatadi
12:10 / 29.09.2025
Chexiya parlament saylovlari oldidan aralashuvdan xavotirda
11:11 / 29.09.2025
Durov: «Muammoli» Moldova kanallarini o‘chirmadim
10:04 / 29.09.2025