Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» futbolchilari Qozog‘istonga uchib keldi
Mahalliy muxlislar ularning har qadamini kuzatib bormoqda.
Madridning «Real» klubi Chempionlar ligasi umumiy guruh bosqichining 2-turi doirasida mahalliy «Qayrat» klubiga qarshi o‘yin o‘tkazish uchun 29 sentabrga o‘tar kechasi Olmaotaga yetib keldi. Kutilganidek, taniqli mehmonlarning kelishi qozog‘istonliklar uchun oyning asosiy voqeasiga aylandi — shahar ahli yulduzlarni kutib olish uchun ko‘chalarga chiqishdi.
«Real» fanatlar qarshisiga kelmadi
Habi Alonso jamoasi Qozog‘istonga juda kech yetib keldi — bu vaqtda Osiyoning bu hududida tun yarmidan oqqandi. Ispan klubi Olmaotagacha sakkiz soatdan ortiq parvoz qilgan — va bu futbolchilarni juda toliqtirgan. Klub matbuot xizmati e’lon qilgan fotolarda futbolchilar horg‘in ko‘ringan.
Bu vaqtda aeroportda katta olomon yig‘ilgandi — yoshlar va yoshi kattalar ham madridliklar jamoasi futbolchilarini yaqindan ko‘rishga oshiqqan.
Ammo ularning ko‘pchiligi bunga muvaffaq bo‘la olmadi — «Real» a’zolari VIP-zona orqali chiqishdi.
Shu bilan birga, VIP-zonada ham qozog‘istonlik muxlislar navbatchilik qilayotgandi — ularning bir qismi kimlarnidir ko‘rishga va «Qirollik klubi» avtobusini kuzatib qo‘yishga ulgurishdi.
Ko‘p o‘tmay «Real» Olmaotadagi mehmonxonalardan biriga to‘xtadi. Klub bu yerdagi barcha nomerlarni band qilgan bo‘lsa-da, mehmonxona tashqarisida va ichkarisida baribir odamlar to‘plangandi.
Kimdir Kilian Mbappe uzoq parvozdan keyin o‘ziga saxiylik qilib, tarelkasini to‘ldirib olayotganini tasvirga olishga ham ulgurgan.
Unikal imkoniyat
«Real» futbolchilarini ta’qib qilgan muxlislarni tushunish qiyin emas. Ularda «Qirollik klubi» a’zolarini ko‘rish imkoniyati boshqa yuzaga kelmasligi ham mumkin — «Qayrat» bilan o‘yin uchun chiqarilgan barcha chiptalar (23 ming) darhol sotilib ketgan, shu tufayli shu vaqtgacha chipta sotib ololmaganlarda endi stadionga kirish imkoniyati bo‘lmaydi.
Qozog‘iston grandi chiptalarni 75 ming tenge 248 ming tengegacha bo‘lgan narxlarda chiqargan, 200 ming kishi oldindan onlayn-navbatga yozilgandi. Hozirda erkin sotuvda chiptalar yo‘q, «Qayrat» esa spekulyantlar bilan kurashishga va’da bergan.
Shunisi aniq: «Real» bunga tayyor turishi kerak. Yaqin kunlarda Qozog‘istonda barchaning e’tibori Madrid klubiga qaratiladi.
O‘yin, 30 sentabr kuni, mahalliy vaqt bilan 21:45 da boshlanadi.
Mavzuga oid
12:09 / 04.12.2025
«Real» ta’qibni davom ettirdi, «Liverpul» yana ochko yo‘qotdi. Kun o‘yinlari
13:00 / 01.12.2025
«Real» peshqadamlikni boy berdi, «Arsenal» ham ochko yo‘qotdi. Kun o‘yinlari
12:24 / 27.11.2025
Mbappeda poker, «Liverpul»da yirik mag‘lubiyat. YeChLda kun o‘yinlari
12:21 / 24.11.2025