O‘zbekiston | 08:30 / 01.10.2025
40169
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik bloger superkarda O‘zbekiston chegarasida uch kun qolib ketdi

Amerikalik bloger Konnor va uning noyob Lamborghini'si bilan bog‘liq voqea haqiqiy internet-xitga aylandi. Superkarda dunyo bo‘ylab sayohat qilishga qaror qilgan sayyoh kutilmaganda O‘zbekiston chegarasida deyarli uch kun qolib ketdi.

Foto: Instagram / camperghini

Camperghini blogi bilan tanilgan Konnor 2023 yilda AQShdagi uyini sotib, kimoshdi savdosida noyob Lamborghini sotib oldi. Uni barcha qulayliklar bilan ta’minlab, dunyo bo‘ylab sayohatga otlandi. U O‘zbekistonga may oyida kelgan.

Sentyabr oyida uning sayohati mamlakatni tark etayotgan paytda chegarada to‘xtab qoldi: mashina mamlakatda ruxsat etilgan 90 kundan ortiq deyarli ikki oy davomida bo‘lgan va bu blogerni deyarli 2000 dollar jarima to‘lashga majbur qilgan.

Uni naqd pulda to‘lash kerak edi: bojxona postidagi bank terminali sim-karta to‘lanmagani uchun ishlamagan, eng yaqin bankomat esa 40 kilometr uzoqlikda joylashgan. Konnorning vizasi muddati tugayotgan edi, shuning uchun u u yerga bora olmadi. Videolaridan birida u qo‘yib yuborilmasa: «Tramp amakini aralashtirishga majbur bo‘laman», deya hazil qilgan.

Natijada, Lamborghini uch kun chegarada qolib ketdi, bu vaqt davomida blogerning o‘zi ancha asabiylashdi va ijtimoiy tarmoqlarda yuz minglab ko‘rishni to‘pladi.

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, haqiqatdan ham qoidabuzarlik sodir bo‘lgan: mashina O‘zbekistonga 2 may kuni kirib kelgan va 2 avgustdan kechikmay mamlakatdan chiqib ketishi kerak edi. 20 milliondan ortiq yig‘im to‘laganidan so‘ng Konor ma’muriy javobgarlikdan ozod etildi, uning Lamborghini avtomobiliga esa mamlakatni tark etishga ruxsat berildi.

Idora kechikishni valuta ayirboshlash yoki naqd pul yechib olish kabi bank operatsiyalarini amalga oshirishning imkoni bo‘lmagan dam olish kunlari bilan bog‘ladi. U jarimani faqat 29 sentabr, dushanba kuni to‘lay oldi.

Blogerning o‘zi stressga qaramay, O‘zbekiston unda eng iliq xotiralarni qoldirganini tan oldi.

Mavzuga oid