Jahon | 07:30 / 01.10.2025
7458
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadada oq va qora ayiq o‘rtasidagi to‘qnashuv tasvirga olindi

Islandiyalik sayyoh Jon Sigurdsson Labradorda sayohat qilib, o‘zi imkonsiz deb o‘ylagan narsaning guvohi bo‘ldi: ko‘z o‘ngida oq ayiq va qora ayiq o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi hamda u hodisani kameraga yozib olishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Jon Sigurdsson

Sayohatchi va bir guruh odamlar qirg‘oqda urg‘ochi oq ayiq va uning bolalari o‘tirganini ko‘rib qolishgan. Sigurdsson ularni tomosha qilayotganda, qiyalikdan balandroqda qora ayiq paydo bo‘lib, oq ayiqqa yaqinlashgan. Odamlar to‘qnashuv muqarrar ekanligini tushundi — va bu haqiqatan ham sodir bo‘ldi: urg‘ochi oq ayiq qora ayiqni haydab yubordi, Sigurdsson esa o‘z fotosuratlarini omma bilan bo‘lishdi.

Erkak Labradorda oq ayiqlar va qora ayiqlar o‘rtasidagi to‘qnashuvga guvoh bo‘lgan odamlar haqidagi hikoyalarni eshitgan bo‘lsa-da, ko‘p yillik sayohatlarida u hech qachon bunday narsani ko‘rmaganligini tan oldi. Biroq, shu paytgacha hech kim bunday to‘qnashuvni kameraga suratga olishga ulgurmagan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid