Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir xonali uy-joy ijarasi eng qimmat shaharlar ma’lum qilindi
London – bir xonali kvartira ijarasi eng qimmat shahar deb topildi. Keyingi o‘rinlarda Singapur, Vashington, Amsterdam va Dublin. Eng arzon ijara narxlari Bangladesh poytaxti Dakada qayd etilgan. Bu yerda ijara bahosi oyiga o‘rtacha 93 dollarni tashkil etadi.
Foto: RIA Novosti / Aleks Maknoton
Ria Novosti dunyo miqyosida bir xonali kvartira ijarasi eng yuqori bo‘lgan shaharlar reytingini tuzib chiqdi.
Qayd etilishicha, bu borada London shahri yetakchilik qiladi. Buyuk Britaniya poytaxtida 1 xonali kvartira ijarasi sentabr oyida o‘rtacha 2800 dollarni tashkil etgan. Markaziy hududlarida bu ko‘rsatkich 3100 dollargacha yetadi. Singapurda ham ijara narxi Londonga nisbatan atigi bir necha dollarga arzonroq.
AQSh poytaxti Vashingtonda o‘rtacha narx 2300 dollarni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Gollandiyaning Amsterdam shahrida 2250 dollarga, Dublinda esa 2200 dollarga teng. Reykyavikda (Islandiya) esa 1 xonali kvartiraning oylik ijarasi o‘rtacha 2160 dollar. Keyingi o‘rinlarda Lyuksemburg va Gonkong (2000 dollar), Bern (1800 dollar) va Kopengagen (1750 dollar) joylashgan.
Shu bilan birga, eng arzon ijara narxlari Bangladesh poytaxti Dakada qayd etilgan. Bu yerda kvartira ijarasi oyiga o‘rtacha 93 dollarga teng. Narxlar Pokistonning Islomobod shahrida 158 dollar, Zambiya poytaxti Lusakda va Qohirada 175 dollar, Jazoirda 184 dollar, Nyu Dehlida esa 185 dollardan oshmaydi.
Mavzuga oid
07:40 / 27.11.2025
Qaysi shaharlarda kvartira narxi osmonda? Dunyodagi eng qimmat uy-joy xaritasi
17:50 / 03.11.2025
Yongan mashina, “jim yurish” uchun $10 000 va ijara nizosidan yasalgan jinoyat
14:44 / 09.10.2025
O‘zbekiston Kuvaytda omborlarni ijaraga olishni rejalashtirmoqda
12:10 / 07.10.2025