Jahon | 13:19 / 02.10.2025
3595
2 daqiqa o‘qiladi

Fon der Lyayyen: Rossiyaga bizni parchalab tashlashiga imkon bermaymiz

Yevrokomissiya rahbari Kopenhagen sammitida Rossiyaning Yevropa Ittifoqi havo hududini buzishi oldida Yevropa hamjamiyatining birligini yana bir bor tasdiqladi.

Foto: Piroschka van de Wouw/REUTERS

Yevrokomissiya (YeK) rahbari Ursula fon der Lyayyen Rossiyaning Yevropa Ittifoqi havo hududini buzishiga qarshi Yevropa hamjamiyatining birligini yana bir bor tasdiqladi. Fon der Lyayyen bu haqda 1 oktyabr, chorshanba kuni Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tgan Kopenhagenda bayonot berdi.

«Rossiya jamiyatlarimizga nifoq va qo‘rquv sepmoqchi. Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz», — deya fon der Lyayyen so‘zlarini keltiradi AFP.

Daniya poytaxtida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Yevropa Ittifoqi yetakchilari Ukrainadagi urush sharoitida Yevropaning mudofaa qobiliyatini muhokama qildi. Kiyevga keyingi yordam ham stol ustida edi.

Yevropa Ittifoqi yetakchilari Kiyevga muzlatilgan Rossiya aktivlari evaziga milliardlab yevro kreditlar berish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Fon der Lyayyen va Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukraina uchun 140 milliard yevrogacha bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘lar muhokama qilinishi mumkinligini aytdi.

Mavzuga oid