Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada “soyadagi milliarder” Ibragim Suleymanov hibsga olindi
Ibragim Suleymanov 1990-yillarda transport va aviatsiya sohasida o‘z biznesini qurgan hamda aviatashuvlarning katta qismini nazorat qiluvchi «Rosaviakonsorsium» asoschilaridan biri bo‘lgan.
Rossiya OAV 3 oktabr kuni “soyadagi milliarder” nomi bilan tanilgan Ibragim Suleymanov qotillikka aloqador jinoyatlarni sodir etishda gumonlanib hibsga olingani haqida xabar qildi. Xabarga ko‘ra, Moskvaning Basman rayon sudi uni 2 dekabrga qadar hibsda saqlash to‘g‘risida hukm chiqargan.
Suleymanov aynan kimning o‘limida ayblanayotgani haqida rasmiy ma’lumot berilmadi. Biroq 112 Telegram-kanalining yozishicha, gap 2000-yillarda moliyaviy sog‘lomlashtirish va bankrotlik bo‘yicha federal xizmat rahbari bo‘lgan hamda Moskva aeroportlari bankrotligi bilan shug‘ullangan Georgiy Talning o‘ldirilishi haqida bormoqda. U 2004 yilda otib o‘ldirilgan.
Shuningdek, Suleymanov «Vnukovskiye avialinii» aviakompaniyasi bosh direktori Gennadiy Borisovning o‘limiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Borisov 1999 yilda pichoqlab o‘ldirilgan.
Bu Ibragim Suleymanovning birinchi marta hibsga olinishi emas. 2004 yil oktyabrda Ibragim Suleymanov va uning biznes hamkori Tatevos Surinov tovlamachilik va 4,5 mln dollardan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirishda ayblangan. 2007 yilda milliarder tovlamachilik, mablag‘larni legallashtirish, kuch ishlatish bilan tahdid qilish va noqonuniy qurol saqlashda aybdor deb topilib, 10 yil 8 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. Suleymanov 2015 yilda muddatidan oldin ozodlikka chiqqan.
Ibragim Suleymanov 1967 yilda Dog‘istonda tug‘ilgan. 1990-yillarda u transport va aviatsiya sohasida o‘z biznesini qurgan hamda aviatashuvlarning katta qismini nazorat qiluvchi «Rosaviakonsorsium» asoschilaridan biri bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda Ibragim va uning o‘g‘li Rasul «Sirena-trevel» IT-kompaniyasi benefitsiari bo‘lishgan. Rossiyadagi barcha aviachiptalarning 80 foizi ushbu kompaniyaga tegishli Leonardo tizimi orqali bron qilinadi.
Bundan tashqari, Ibragim Suleymanov «Miksvel» MChJ (sayohatlar sohasidagi elektron tijorat platformasi) va «Universus» MChJda (tijorat faoliyati va boshqaruv masalalari bo‘yicha konsultatsiya berish) ulushlarga ega.
Mavzuga oid
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026
Moskvaga qish qaytdi – fotolar
12:07 / 23.04.2026