O‘zbekiston | 09:10 / 04.10.2025
1912
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya bilan hamshiralik ishida qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etiladi

Mamlakat elchixonasi ko‘magida London Brunel universitetining xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektori professor Trevor Xoy va O‘zbekiston hamshiralar akademiyasi rahbariyati o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Foto: Dunyo

Tomonlar London Brunel universiteti bilan Hamshiralar akademiyasi o‘rtasida hamshiralik ishi o‘quv dasturlarini birgalikda ishlab chiqish, qo‘shma ta’lim loyihalarini joriy etish, o‘qituvchi-professorlar uchun malaka oshirish dasturlari va treninglar o‘tkazish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, ikki tomonlama diplom berish dasturlarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Xorijiy hamkorlarga Hamshiralar akademiyasi faoliyati va uning vazifalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Professor Trever Xoy respublikada ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, kelgusida Hamshiralar akademiyasi bilan Brunel o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid