Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Dehli o‘rtasida yangi aviareys yo‘lga qo‘yildi
Hindiston poytaxtida Toshkent va Dehli shaharlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan yangi aviareys taqdim qilindi.
O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev va Centrum Air aviakompaniyasi biznesni rivojlantirish menejeri Odil Mirza Xolmirzayev xalqaro anjuman ishtirokchilariga mamlakatda turizm tarmog‘ining salmoqli salohiyati haqida so‘zlab berdi.
Hindistonlik hamkorlarga O‘zbekistonning YuNeSKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi noyob madaniy-tarixiy maskanlari, shuningdek, zamonaviy sayyohlik yo‘nalishlari va dam olish imkoniyatlari taqdim etildi.
Ikki mamlakat poytaxtlarini bog‘laydigan yangi muntazam aviaqatnov taqdimoti ishtirokchilarda alohida qiziqish uyg‘otdi. Centrum Air aviakompaniyasi tomonidan joriy yil 3 oktyabrdan boshlab Toshkent-Dehli-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilgani e’lon qilindi. Parvozlar haftaning seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Yangi aviaqatnovning yo‘lga qo‘yilishi hindistonlik sayyohlarning O‘zbekistonga nisbatan oshib borayotgan qiziqishiga munosib javob beradi, shuningdek, o‘zbekistonlik sayyohlar va ishbilarmonlar uchun Hindistonga safar qilishning qulay yo‘lini ochadi.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026