Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurjistonda hukumatga qarshi namoyishlar tashkilotchilari qo‘lga olindi
Politsiya tomonidan hibsga olinganlarga konstitutsiyaviy tuzumni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirish, hokimiyatni ag‘darish va zo‘ravonlik namoyishlarini uyushtirishga chaqirish ayblovi qo‘yilgan.
Foto: REUTERS
Gurjiston Ichki ishlar vazirligi bir kun avval «Gurjiston orzusi» g‘alaba qozongan munitsipal saylovlar fonida norozilik namoyishiga chiqqan muxolifat yetakchilari - besh kishi qo‘lga olingani haqida xabar berdi. «Rustavi 2» nashrining yozishicha, qo‘lga olinganlarga hokimiyatni ag‘darishga chaqirish ayblovi qo‘yilgan.
Politsiya tomonidan hibsga olinganlar: «Yagona milliy harakat» partiyasi a’zosi va sobiq bosh prokuror Murtaz Zodelova, YaMH a’zosi Irakliy Nadiradze, «Agmashenebeli strategiyasi» partiyasi bosh kotibi Paata Manjgaladze, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari Lasha Beridze, «Rustaveli prospekti» norozilik harakatining asoschisi va opera qo‘shiqchisi Paata Burchuladze.
Ularga konstitutsiyaviy tuzumni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirish, hokimiyatni ag‘darish va zo‘ravonlik namoyishlarini uyushtirishga chaqirish ayblovi qo‘yilgan. Ular 9 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Politsiya qo‘lga olingan muxolifat yetakchilarini bir kun avval Tbilisida shahar meri va mahalliy kengash deputatlari saylovi fonida bo‘lib o‘tgan hukumatga qarshi miting tashkilotchilaridan biri deb hisoblamoqda. Aksiyada Paata Burchuladze «Gruzin xalqining deklaratsiyasini» o‘qib eshittirdi. U hozirgi hukumat o‘z legitimligini yo‘qotganini aytib, gruzin xalqini hokimiyatni o‘z qo‘liga olishga chaqirdi.
Tbilisidagi mitinglar shundan so‘ng politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Namoyishchilar Orbeliani prezident saroyi hovlisiga bostirib kirib, temir panjarani sindirdi. Politsiya olomonni tarqatish uchun suv purkagichlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatdi.
Namoyishchilarning harakatlarini Gurjistonning sobiq prezidenti Salome Zurabishvili ham qoralab, «Gurjiston xalqining 310 kunlik tinch noroziligini obro‘sizlantirish» uchun «prezident saroyini egallashga parodiya» deb atadi.
Saylovlarning rasmiy natijalari e’lon qilinishidan oldin hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi o‘z g‘alabasini nishonlay boshladi. Shundan so‘ng, namoyishchilar partiya idorasigacha marsh bilan borishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Keyinroq uning g‘alabasi haqida MSK ham xabar berdi: «Gurjiston orzusi» nomzodlari Tbilisi, Rustavi, Kutaisi, Batumi va Poti meri saylovida g‘alaba qozongan.
Mavzuga oid
11:03 / 02.12.2025
OAV: Gurjiston namoyishlarni tarqatishda kimyoviy modda qo‘llagan bo‘lishi mumkin
23:19 / 13.11.2025
Saakashvili 2022 yildan beri yashagan klinikadan qamoqqa qaytarildi
08:52 / 13.11.2025
Mixail Saakashvili kasalxonadan yana qamoqqa qaytarildi
13:07 / 07.11.2025