Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashdi
Poyezdda 216 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ularga jarohat yetmagan. Yuk mashinasi haydovchisi esa shifoxonaga jo‘natilgan. Bu so‘nggi 2 oyda Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi poyezdning yuk mashinasi bilan to‘qnashgan ikkinchi holati.
Foto: Videodan kadr
Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Holat yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ axborot xizmati izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa bugun, 6 oktyabr kuni soat 15:31 da To‘rtko‘l va Ellikqal’a stansiyalari o‘rtasidagi 531-kilometrda joylashgan qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan. “Qo‘ng‘irot ‒ Andijon” yo‘nalishidagi 128-sonli yo‘lovchi poyezdi “KamAZ” rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Yuk mashinasi temiryo‘l kesishma signal belgilariga qaramasdan harakatlangan.
Mashina haydovchisi shifoxonaga jo‘natilgan. Yo‘lovchi poyezdida 216 nafar yo‘lovchi bo‘lib, ularning sog‘lig‘iga zarar yetmagan. Teplovoz poyezdni olib ketolmasligi sababli O‘zTE16M2 rusumli 025 sonli teplovoz soat 16:15 da voqea joyiga jo‘natilgan.
Hodisa joyiga tegishli rahbarlar va huquqni himoya qilish organlari xodimlari yetib borgan. Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Oldinroq ham Qoraqalpog‘istonda “Qo‘ng‘irot ‒ Andijon” yo‘nalishidagi poyezd “KamAZ” bilan to‘qnashgan, buning oqibatida teplovoz relsdan chiqib ketgandi.
Mavzuga oid
08:48 / 04.05.2026
Qoraqalpog‘istonda Kadastr bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi
11:37 / 28.04.2026
“Endi piyoda borishmaydi” - chekka joylardagi maktablarga avtobuslar topshirildi
18:45 / 20.04.2026
Qoraqalpog‘istonda maxsus mayning zona tashkil etiladi
23:08 / 18.04.2026