Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti immunitet sohasidagi kashfiyotlar uchun berildi
Amerikalik olimlar Meri Brunkou, Fred Ramsdell va yaponiyalik olim Shimon Sakaguchi “periferik immunologik tolerantlik bo‘yicha kashfiyotlari uchun” Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.

Fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha 2025 yilgi Nobel mukofoti Meri Brunkou (AQSh), Fred Ramsdell (AQSh) va Shimon Sakaguchiga (Yaponiya) berildi. Ular “periferik immunologik tolerantlik bo‘yicha kashfiyotlar uchun” mukofotga loyiq ko‘rilgan.
Nobel qo‘mitasi press-relizida keltirilishicha, olimlar immunitet tizimining “qo‘riqchilari” — immunitet hujayralarining tanaga hujum qilishining oldini oluvchi regulyator T-hujayralarini aniqlagan. Ularning kashfiyotlari periferik tolerantlikni o‘rganishni boshlab bergan, saraton va autoimmun kasalliklarni davolash usullarini ishlab chiqishni rag‘batlantirgan. Qayd etilishicha, ushbu davolash usullarining ba’zilari hozirda klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda.
O‘tgan yili fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti amerikalik olimlar Viktor Ambros va Geri Ravkanga berilgandi. Ular “mikroRNKni kashf qilgani va genlar ekspressiyasining transkripsiyadan keyingi boshqaruvida ularning rolini o‘rgangani uchun” Nobel bilan taqdirlangandi.
Mavzuga oid
18:46 / 19.01.2026
Tramp Nobel mukofotini olmagach, endi tinchlik haqida qayg‘urishga majbur emasligini aytdi
22:20 / 16.01.2026
Nobel mukofoti sovrindorlaridan kimlar o‘z mukofotini sotgan, kimoshdi savdosiga qo‘ygan yoki sovg‘a qilgan?
20:53 / 16.12.2025
Uyqusizlik va bezovtalik immunitet zaiflashishiga olib kelishi aniqlandi
13:40 / 11.12.2025