Jahon | 09:59 / 06.10.2025
1899
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Chikagoga 300 nafar Milliy gvardiya askarini yuborishga ruxsat berdi

Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Milliy gvardiya qo‘shinlari federal xodimlar va mulkni himoya qilish uchun Chikagoga joylashtiriladi. Shaharda AQSh chegara xizmati xodimlari bilan to‘qnashuvlar avj oldi.

Foto: Oq uy

AQSh prezidenti Donald Tramp Illinoys shtatining Chikago shahriga Milliy gvardiyaning 300 nafar askarini yuborishga ruxsat berdi. Bu haqda 4 oktyabr, shanba kuni Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Abigayl Jyekson ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, bu federal xodimlar va mulkni himoya qilish uchun qilinmoqda. «Prezident Tramp Amerika shaharlarini vayron qilayotgan qonunsizlikka ko‘z yummaydi», dedi Jyekson.

AFP ta’kidlaganidek, Tramp bir necha haftalik tahdidlardan so‘ng va mahalliy siyosatchilarning e’tirozlariga qaramay, shunday buyruq chiqargan.

AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem avvalroq X ijtimoiy platformasida Chikagodagi huquq-tartibot idoralari xodimlariga «o‘nta mashina, jumladan, yarim avtomatik qurol bilan qurollangan shaxslar hujum qilgani va ularning yo‘lini to‘sib qo‘ygani» haqida ma’lum qilgandi.

Noemning so‘zlariga ko‘ra, u «vaziyatni nazorat qilish uchun» qo‘shimcha maxsus kuchlarni joylashtirmoqda. «Qo‘shimcha kuchlar yo‘lda», dedi vazir.

Mavzuga oid