Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida prokuraturaning ikki xodimi qo‘lga olindi
Bekoboddagi tezkor tadbirda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Guliston tuman bo‘limi boshlig‘i va Bekobod shahar bo‘limi katta tezkor vakili fuqarodan 25 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Foto: Videodan kadr
Davlat tuzilmalarida korrupsion holatlarga chek qo‘yish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Toshkent viloyatining Bekobod shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Guliston tuman bo‘limi boshlig‘i hamda Bekobod shahar bo‘limi katta tezkor vakili fuqarodan 25 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, ular Zangiota tumanida faoliyat yurituvchi 4 ta MChJning norasmiy rahbari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi bilan qo‘zg‘atilib, hozirda jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudida ko‘rilayotgan jinoyat ishini ularning foydasiga ijobiy hal qilishni hamda Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasi tomonidan 2 ta MChJda o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvlarini noqonuniy deb topib berishni va’da qilishgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, IJQKD xodimlari jinoyat ishi doirasida soliq tekshiruvi o‘tkazish orqali aniqlangan zarar miqdorini kamaytirish evaziga MChJ norasmiy rahbaridan muqaddam 108 ming AQSh dollari ham olgan.
Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:29 / 02.02.2026
Chegara orqali noqonuniy dori olib kirishga uringan shaxs qo‘lga tushdi
09:05 / 01.02.2026
Qamoqdagi kattakonlar, antikorrupsiya vertikali va tug‘ilishning pasayishi - hafta dayjesti
00:00 / 31.01.2026
Oylikka ishlamayotgan chinovniklar. Nega bunday bo‘lyapti?
17:49 / 30.01.2026