Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrlik yoshlar Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida o‘qishni boshlaydi
Shu yilning 30 sentabr-3 oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Akmal Askarov boshchiligidagi delegatsiya Misrda bo‘ldi.
Foto: Dunyo
Delegatsiya safar davomida Misrning Alameda Group tibbiyot majmuasi tomonidan tashkil etilgan «Mukammallik madaniyati» mavzusidagi ilmiy konferensiyasi va maxsus kurslarda ishtirok etdi.
Ilmiy konferensiyada yetakchi olimlar va mutaxassislar ma’ruza bilan qatnashdi. Shuningdek, panel muhokamalari va seminarlar o‘tkazildi.
Misr tomonida bilan misrlik yoshlarning Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida o‘qishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Qayd etish joizki, o‘zaro hamkorlik Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Alameda Group tibbiyot majmuasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi ijrosi doirasi amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
12:42 / 27.11.2025
Saida Mirziyoyeva Nukusdagi yangi Karakalpak Palace Hotel mehmonxonasi bilan tanishdi
13:31 / 05.11.2025
Qoraqalpog‘iston: tuz sanoatiga yirik sarmoyalar yo‘naltiriladi
12:34 / 05.11.2025
Qoraqalpog‘istonda xorijiy investitsiyalar hisobidan Yoshlar markazi barpo etiladi
17:33 / 28.10.2025