Sog‘lom hayot | 13:50 / 09.10.2025
2014
1 daqiqa o‘qiladi

"Sog‘lom avlod uchun" jamg‘armasi faoliyati bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasining “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan tuman (shahar)larda tashkil etilgan jamg‘armaning tayanch punktlarini tugatish, ularning vazifalari va mulkini jamg‘armaning hududiy bo‘linmalariga topshirish nazarda tutilgan.

Fondga Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda joylarda, ayniqsa olis va chekka hududlarda reproduktiv yoshdagi ayollar, homilador ayollar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yanada oshirish quyidagi yo‘llar bilan ta’minlash tavsiya etiladi:

  • reproduktiv yoshdagi ayollar va bolalar orasida kasallanishni kamaytirishga hamda ularni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan “Sog‘lom ayol va bola oyligi”ni yiliga ikki marotaba tashkil etish;
  • bolalar va o‘smirlar, ayniqsa o‘smir-qizlarni profilaktik ko‘riklar bilan qamrab olish;
  • bemor ayollar va nogironligi bo‘lgan bolalarning chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini ta’minlash hamda ularni sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish.

Mavzuga oid