Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp shu hafta oxirida Yaqin Sharqqa borishi mumkin
AQSh prezidenti shu hafta G‘azo bo‘yicha muzokaralar chog‘ida Yaqin Sharqqa safar qilishi mumkinligini istisno etmadi.
Foto: REUTERS
AQSh prezidenti G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imkoniyatlarini juda yaxshi deb baholadi va Yaqin Sharqqa, ehtimol, yakshanba kuni safar qilishi mumkinligini bildirdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp shu hafta Yaqin Sharqqa safar qilishi mumkinligini aytdi. Uning so‘zlaridan CNN iqtibos keltirgan. «Ehtimol, yakshanba kuni», dedi u. Oq uy rahbari qaysi davlatga borishni rejalashtirayotganiga aniqlik kiritmadi.
Trampning qayd etishicha, AQSh jiddiy muzokaralar olib bormoqda va muvaffaqiyatga erishish ehtimoli yuqori. Muzokaralar G‘azo sektoridagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuv tuzish haqida ketmoqda.
«Bizning u yerda ajoyib jamoamiz, ajoyib muzokarachilarimiz bor va afsuski, ular boshqa tomondan ham ajoyib muzokarachilardir», dedi Amerika rahbari.
U kelishuvga erishish imkoniyatlarini juda yaxshi deb baholadi. «Ko‘ramiz, lekin muzokaralar juda yaxshi o‘tayotgani uchun juda yaxshi imkoniyat bor», dedi Tramp.
Isroil va HAMAS o‘rtasida G‘azo sektorida garovga olinganlar va falastinlik mahbuslarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar AQSh vositachiligida Misrning Sharm ash-Shayx kurortida bo‘lib o‘tyapti.
Avvalroq davlat kotibi Marko Rubio G‘azo bo‘yicha kelishuvga erishilsa, Tramp Yaqin Sharqqa tashrif buyurishi mumkinligini aytgandi. Biroq u avvalroq muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganini eslatib, shoshilinch xulosa chiqarmaslikka chaqirdi.
«Aytganimdek, bugun yaxshi yutuqlarga erishildi, ishlar yaxshi tomonga ketmoqda, lekin hali qilinadigan ishlar ko‘p», — dedi Rubio. Davlat kotibi «optimistik» ekanini ta’kidlab, kelishuvga erishilib, barcha garovga olinganlar ozod etilishiga umid bildirdi.
Maan agentligining HAMAS vakili Tohir an-Nunuga tayanib xabar berishicha, HAMAS va Isroil asirlar va garovga olinganlar ro‘yxatini almashgan.
Sentyabr oyi oxirida AQSh Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urushni tugatish bo‘yicha 20 banddan iborat rejani taqdim etdi.
Mavzuga oid
13:42
Isroil «Yevrovideniye-2026»da qatnashadi, qator davlatlar tanlovni boykot qiladi
12:51
«Haqiqat bo‘lishiga juda kuchli asoslar bor» – BMT Bosh kotibi G‘azodagi urush jinoyatlari haqida
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00