Jahon | 11:50 / 10.10.2025
1431
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Milliy gvardiyasi Chikagodagi federal obektlarni qo‘riqlashni boshladi

Chikagodagi Milliy gvardiya operatsiyasida 500 ga yaqin Milliy gvardiya askari ishtirok etmoqda. Joylashtirish norozilik va da’volarga sabab bo‘ldi hamda sudya namoyishchilarga qarshi kuch ishlatishni chekladi.

Foto: Jim Vondruska/REUTERS

AQSh Milliy gvardiyasining kichik bo‘linmasi 8 oktyabr kuni Chikago hududidagi federal obektlarni qo‘riqlash va Memfisdagi huquq-tartibot idoralariga yordam berishni boshladi. Unga ko‘ra, Texasdan 200 askar Chikagoda ishlamoqda, ular AQSh immigratsiya va bojxona nazorati binolari va boshqa federal obektlarni qo‘riqlamoqda.

Illinoys shtatidan yana 300 nafar gvardiyachi 8 oktyabr kuni Chikagodan taxminan 90 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Elvuddagi AQSh armiyasining zaxira markaziga yetib keldi. Barcha 500 askar Shimoliy qo‘mondonlik ostida 60 kunga joylashtiriladi. Qo‘mondonlik vakili askarlar qanday qurollangan ekanini ochiqlashdan bosh tortdi.

Milliy gvardiyaning joylashtirilishi demokratlarning kuchli qarshiliklariga sabab bo‘ldi va sud muhokamasi mavzusi bo‘lib, uni ko‘rib chiqish 9 oktyabrga belgilangandi. Chikagoda federal kuchlar bir necha oydan beri Tramp ma’muriyatining immigratsiya siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tadigan binolarni qo‘riqlab keladi.

Federal sudya Sara Ellis chorshanba kuni huquq-tartibot idoralarining shahar atrofidagi Brodvyudagi inshoot oldida yig‘ilgan tinch namoyishchilar va jurnalistlarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz kabi qurollardan foydalanishni cheklashni rejalashtirayotganini e’lon qildi. Politsiya o‘tgan yozda u yerda «tartibsizliklar» haqida ​​e’lon qilgan va bu namoyishchilar va huquq-tartibot idoralari o‘rtasida to‘qnashuvlarga sabab bo‘lgan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid