Jahon | 22:48 / 10.10.2025
2949
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh yangi harbiy budjetiga Ukrainaga 500 million dollarlik yordam kiritildi

Hujjatda Ukrainaga xavfsizlik sohasida yordam ko‘rsatish tashabbusini (USAI) 2028 yilgacha uzaytirish ko‘zda tutilgan.

Foto: president.gov.ua

AQSh Kongressi Senati mamlakatning 2026 moliya yili (1 oktyabrda boshlangan) uchun 925 milliard dollarlik harbiy xarajatlar loyihasini ma’qulladi. Hujjat Ukrainaga yordam berish uchun 500 million dollar ajratishni nazarda tutadi.

Qonun loyihasi 77 nafar qonun chiqaruvchi tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, zarur bo‘lgan minimum 60 ta ovoz to‘plandi. 20 kishi qarshi chiqdi. Qonun loyihasining yakuniy versiyasi qayta ishlanadi, shundan so‘ng hujjat AQSh prezidenti Donald Trampga imzolash uchun topshiriladi.

Hujjatda Ukrainaga xavfsizlik sohasida yordam ko‘rsatish tashabbusini (USAI) 2028 yilgacha uzaytirish ko‘zda tutilgan. USAI dasturi Pentagonning ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar tuzishini nazarda tutadi.

Sentyabr oyida Kongress Vakillar palatasi Ukrainaga yordam uchun 400 million dollar ajratilgan qariyb 900 milliard dollarlik harbiy budjet variantini qabul qilgan edi.

Mavzuga oid