Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada teraktga tayyorgarlikda gumon qilingan uch kishi qo‘lga olindi
Prokuraturaning ta’kidlashicha, uch shaxs «terrorchilik hujumi»ni rejalashtirgan, Belgiya bosh vaziri potensial nishonlardan biri bo‘lishi mumkin edi.
Belgiyaning Antverpen shahri politsiyasi siyosatchilarga qarshi teraktga tayyorgarlikda gumon qilingan uch yigitni qo‘lga oldi. Bu haqda 9 oktyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida federal prokuror Ann Fransen ma’lum qildi.
Prokurorning qayd etishicha, gumonlanuvchilar «terrorchilik hujumi»ni rejalashtirgan. Ular portlovchi qurilmani dronga ulashni maqsad qilgan. Qo‘lga olinganlar 18, 23 va 24 yoshda. Ulardan biri qo‘yib yuborilgan, qolgan ikkitasi 10 oktyabr kuni tergov sudyasi huzuriga olib kelinadi.
Belgiya hukumatidagi manbalarning AFP axborot agentligiga aytishicha, taxmin qilingan hujum nishonlaridan biri mamlakat bosh vaziri Bart de Vever bo‘lishi mumkin edi. Ushbu ma’lumot rasmiy tasdiqlangani yo‘q. Belga agentligi xabariga ko‘ra, tintuvlar de Veverning Antverpendagi shaxsiy uyidan bor-yo‘g‘i bir necha yuz metr narida bo‘lib o‘tgan. Deurn tumanidagi politsiya operatsiyasi xavfsizlik nuqtai nazaridan yaqin atrofdagi aholini qisqa vaqt ichida evakuatsiya qilishga olib keldi, deya qayd etadi Belga.
Belgiya tashqi ishlar vaziri Maksim Prevo mamlakat bosh vaziriga rejalashtirilgan suiqasd haqidagi xabardan qattiq hayratda qolganini aytdi. «Bu bizga terrorizm tahdidi haqiqiyligicha qolayotganini va hushyor turishimiz kerakligini eslatadi», deb yozdi diplomat X ijtimoiy tarmog‘ida.
Mavzuga oid
17:16 / 26.05.2026
Belgiyada poyezd va maktab avtobusi to‘qnashdi
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026