Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekinning «dushmanligi tobora ortib boryapti» - Tramp
Oq uy rahbari hozircha Xitoy raisi Si Jinping bilan uchrashuvdan ma’no ko‘rmayotganini aytdi.
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp Amerikaga olib kiriladigan Xitoy mahsulotlariga bojlarni sezilarli darajada oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytdi, deb xabar berdi Reuters.
«Hozir biz ko‘rib chiqayotgan choralardan biri Amerikaga kirib kelayotgan Xitoy mahsulotlariga bojlarni katta miqdorda oshirishdir. Boshqa ko‘plab qarshi choralar ham bor, ular ham jiddiy muhokama qilinmoqda», deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida va Pekinning «dushmanligi tobora ortib borayotganini» ta’kidladi.
«Ular dunyoning turli mamlakatlariga noyob yer elementlari bilan bog‘liq mahsulotlarning har biriga, ular o‘ylab topishi mumkin bo‘lgan deyarli barcha narsalarga, hatto ular Xitoyda ishlab chiqarilmasa ham, eksport nazoratini o‘rnatmoqchi ekanligi haqida maktublar yubormoqda», deb qo‘shimcha qildi Tramp.
Shuningdek, u hozircha Xitoy raisi Si Jinping bilan uchrashuvdan ma’no ko‘rmayotganini ta’kidladi.
«Men rais Si Jinping bilan ikki haftadan keyin Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan OTIH sammitida uchrashishim kerak edi, biroq hozir bunga sabab yo‘qqa o‘xshaydi», deb yozdi Tramp.
Mavzuga oid
13:27 / 15.12.2025
“Hech qachon taslim bo‘lmaslik kerak” – poliglot o‘zbek qizi bilan suhbat
12:57 / 15.12.2025
Xitoy O‘zbekistonni ortda qoldirib Qozog‘istonga meva-sabzavot eksport qilish bo‘yicha yetakchiga aylandi
12:26 / 15.12.2025
Tramp o‘z partiyasi oraliq saylovlarda yutqazishi mumkinligini istisno etmadi
08:50 / 15.12.2025