Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya Rossiyadan YeIga STG yetkazish taqiqlanishini qo‘llab-quvvatladi
Vengriyaning Rossiyaning STG bo‘yicha pozitsiyasini o‘zgartirishi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketiga yo‘l ochadi. Slovakiya va Avstriya yangi sanksiyalar paketining asosiy muxoliflari bo‘lib qolmoqda.
Vengriya Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaga qarshi tayyorlanayotgan yangi sanksiyalar paketi doirasida Rossiyaning suyultirilgan gazi (STG)ni YeIga yetkazib berishni taqiqlashni qo‘llab-quvvatladi, deb xabar berdi EUobserver 9 oktyabr, payshanba kuni diplomatik manbalarga tayanib.
Vengriya avvalroq sanksiyalardan o‘zi uchun istisnolar berilishiga erishishga uringan edi, biroq 8 oktyabr kuni kechqurun YeI elchilarining uchrashuvida Budapesht vakili «hech qanday e’tiroz bildirmadi». 19-sanksiya paketini kelishish yo‘lidagi asosiy to‘siqlar Slovakiya va Avstriya pozitsiyalari bo‘lib qolmoqda.
Avstriya rasmiylarining ta’kidlashicha, sanksiyalar paketi Rossiya aktivlaridagi ikki milliard yevroni muzlatish to‘g‘risidagi bandni o‘z ichiga oladi. Ushbu mablag‘larni Rossiya sudining qaroriga binoan to‘langan jarimani qoplash sifatida Raiffeisen Bank International'ga o‘tkazish taklif qilinmoqda.
Slovakiya vakili Bratislava yangi cheklovlarga qarshi ekanini ta’kidlab, Yevropa Ittifoqining iqlimni muhofaza qilish siyosati Slovakiya avtomobil sanoati uchun zararli ekanligini ta’kidladi.
Avvalroq Slovakiya Yevropa Ittifoqining 2035 yilgacha ichki yonuv dvigatellarini taqiqlash tashabbusiga ham qarshi chiqqani xabar qilingandi.