Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xivada ilk bor xalqaro gilam ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
Rossiyaning nufuzli "Karavan Info" axborot agentligida "Xiva shahrida ilk bor "Gilamlar jilosi" xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi" sarlavhali maqola e’lon qilindi.
Nashrda joriy yilning 18-19 oktyabr kunlari Xiva shahrida bo‘lib o‘tadigan "Gilamlar jilosi" xalqaro ko‘rgazmasiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani va mazkur tadbir gilamdo‘zlarning noyob mahoratini namoyish etish hamda madaniy tajriba almashish uchun o‘ziga xos maydon vazifasini o‘tashi haqida so‘z yuritilgan.
Maqolada ta’kidlanishicha, ko‘rgazmada O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Eron hunarmand ustalari ishtirok etadi. Ular avloddan avlodga o‘tib kelayotgan naqshlar, ranglar va texnikalarning boyligini namoyish etib, milliy to‘qimachilik maktablarining eng yorqin namunalarini taqdim etadi.
"Ko‘rgazmaning Xivada o‘tkazilishi tasodif emas. YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan shahar o‘z-o‘zidan tarix va an’analar ramzi bo‘lib, bu yerda gilam to‘qish qadim zamonlardan beri alohida o‘rin egallab kelgan", – deya yozilgan materialda.
Maqola yakunida qayd etilishicha, "Gilamlar jilosi" ko‘rgazmasi nafaqat badiiy mahoratni namoyish etish, balki madaniy almashinuvni mustahkamlash, shuningdek, xalq badiiy hunarmandchiligi sohasida mintaqaviy hamkorlikni rag‘batlantirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
07:54 / 06.05.2026
«Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi Toshkent – Xiva yo‘nalishida ilk qatnovni amalga oshirdi
18:50 / 30.04.2026
Toshkent – Xiva yo‘nalishida «Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi qatnovi 3 maydan boshlanadi
21:25 / 18.03.2026
2 maydan Toshkent-Xiva yo‘nalishida tezyurar poyezd qatnovi boshlanadi
14:24 / 14.03.2026