Jahon | 21:32 / 11.10.2025
3491
2 daqiqa o‘qiladi

Jo Bayden saraton kasalligini davolashning yangi kursini boshladi

2025 yil may oyida AQSh sobiq prezidenti Jo Baydenning vakillari unda suyak metastazlari bilan prostata saratoni aniqlanganini ma’lum qilgan edi.

Foto: Brandon Bell / Getty Images

AQSh sobiq prezidenti 82 yoshli Jo Bayden prostata bezi saratoni tashxisi qo‘yilgani sababli davolanishning yangi bosqichini boshladi - u nur terapiyasi kursini o‘tamoqda, deb yozdi NBC News.

«Davolash rejasi doirasida prezident Bayden hozir nur terapiyasi va gormonlar bilan davolanmoqda», dedi sobiq prezident matbuot kotibi.

Nur terapiyasi kursi besh hafta davom etishi kutilmoqda, dedi NBC News manbasi va bu Baydenning saraton kasalligiga qarshi kurashidagi yangi bosqich ekanini ta’kidladi.

2025 yil may oyida AQSh sobiq prezidenti Jo Baydenning vakillari unda suyak metastazlari bilan prostata saratoni aniqlanganini ma’lum qildi.

«Garchi bu kasallikning yanada tajovuzkor shakli bo‘lsa-da, saraton gormonlarga sezgir ko‘rinadi, bu esa uni samarali davolash imkonini beradi», deyiladi sobiq prezident matbuot xizmati bayonotida.

Baydenga aynan qachon saraton tashxisi qo‘yilganiga uning matbuot xizmati aniqlik kiritmagan, bu esa jurnalistlarga kasallik prezidentlik davridayoq ma’lum bo‘lgan, ammo uning sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotlar yashirilgan, degan taxminlarni ilgari surishga imkon bergan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid