Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: Dunyoda yadroviy qurollar poygasi allaqachon boshlangan
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir qator davlatlar yadroviy arsenallarini ko‘paytirayotganini ma’lum qildi va Rossiyada yangi qurol borligini ham e’lon qildi.
Dunyoda yadroviy qurollanish poygasi allaqachon boshlangan, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. «O‘ylaymanki, ochig‘ini aytsam, aslida ma’lum bir poyga ketmoqda», — dedi Putin 10 oktyabr, juma kuni Tojikistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tez orada yangi qurolga ega bo‘lganini e’lon qilishi mumkin: «O‘ylaymanki, biz tez orada bir paytlar e’lon qilgan yangi qurol haqida xabar berish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. U ishlab chiqilmoqda, biz uni sinovdan o‘tkazmoqdamiz. Ular muvaffaqiyatli davom etmoqda».
Putinning so‘zlariga ko‘ra, agar Qo‘shma Shtatlar Strategik hujumkor qurollarni qisqartirish bo‘yicha shartnomani uzaytirishdan bosh torsa, bu Rossiya uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Rossiya prezidentining ta’kidlashicha, hozirda Rossiyaning yadroviy to‘xtatuvchi salohiyati dunyoda eng yuqori darajada.
Sentyabr oxirida Vladimir Putin Rossiya Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Vashington ham shunday qilsa, Rossiya shartnoma qoidalariga yana bir yil amal qilishga tayyorligini aytdi. Putin, shuningdek, kelishuv muddati tugashi bilan yadroviy raketa imkoniyatlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri cheklovchi so‘nggi xalqaro shartnoma yo‘qolishini ta’kidladi.
Keyinroq AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan uchrashuvda Putinning taklifini «yaxshi fikr» deb atadi. Tramp bu haqda batafsil ma’lumot berishdan yoki boshqa biror narsa aytishdan bosh tortdi.
Mavzuga oid
09:00
Rossiyaning ommaviy hujumi: Kiyevda 4, Xarkivda 5 kishi halok bo‘ldi
08:59
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026