Ta’lim | 22:07 / 12.10.2025
3506
3 daqiqa o‘qiladi

O‘qituvchilar uchun malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi

Pedagoglar malaka toifa (test) sinovlariga fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasini olib kelishlari so‘raladi.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi.

Unga ko‘ra:

21 oktyabr

Rus tili (milliy maktablarda); Rus tili va adabiyoti; Tojik tili va adabiyoti; Turkman tili va adabiyoti; Qirg‘iz tili va adabiyoti; Qozoq tili va adabiyoti;

22 oktyabr

Geografiya; Biologiya; Iqtisodiy bilim asoslari;

23 oktyabr

Informatika va axborot texnologiyalari;

24 oktyabr

Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi; Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi; Musiqa xodimi (Musiqa rahbari); Rus tili (Maktabgacha); Ingliz tili (Maktabgacha); Fransuz tili (Maktabgacha); Nemis tili (Maktabgacha); Jismoniy tarbiya (Maktabgacha); O‘qituvchi-defektolog (Maktabgacha); O‘qituvchi-logoped (Maktabgacha); Tarbiyachi-metodist (MTT direktor o‘rinbosari);

25 oktyabr

Jismoniy tarbiya (Umumta’lim); Musiqa madaniyati;

27 oktyabr

Tarix; Davlat va huquq asoslari; Tarbiya;

28-29 oktyabr

Ona tili va adabiyot (o‘zbek sinflar uchun); O‘zbek tili (Davlat tili);

29 oktyabr

Kimyo; Fizika;

30-31 oktyabr

Ingliz tili (Umumta’lim);

1 noyabr

Tasviriy san’at va chizmachilik; Texnologiya (servis xizmati yo‘nalishi-qiz bolalar uchun); Texnologiya (texnologiya va dizayn yo‘nalishi - o‘g‘il bolalar uchun); Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik;

3-7 noyabr

Boshlang‘ich ta’lim;

7 noyabr

Fransuz tili (Umumta’lim); Nemis tili (Umumta’lim); Yapon tili; Koreys tili; Xitoy tili; Psixolog; O‘qituvchi-defektolog (Umumta’lim); O‘qituvchi-logoped (Umumta’lim);

8 noyabr

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi ta’lim tashkilotlarining pedagoglari uchun pedagogik mahorat sinovlari;

10-11 noyabr

Matematika;

11-12 noyabr

Qoraqalpoq tili (Davlat tili); Qoraqalpoq tili va adabiyoti.

Pedagoglar malaka toifa (test) sinovlariga fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasini olib kelishlari so‘raladi.

Ushbu sinov kunlariga zarur hollarda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Bunday hollarda pedagoglar qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid