O‘zbekiston | 23:22 / 12.10.2025
10928
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Qatarga hamdardlik bildirdi

11 oktyabr kuni Misrning Sharm ash-Shayx shahrida G‘azo bo‘yicha muzokaralarga ketayotgan Qatar diplomatlari avtohalokatga uchrashi oqibatida delegatsiyaning 3 nafar a’zosi halok bo‘lgan. Yana uch kishi Sharm ash-Shayx xalqaro shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Misrda Qatar davlatining uch nafar diplomati halok bo‘lgani yuzasidan O‘zbekiston Qatarga hamdardlik bildirdi.

“Misrning Sharm ash-Shayx shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Qatar Davlati amiri devoni xodimlaridan uch nafari fojiali tarzda halok bo‘lgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik.

Qatar Davlati hukumatiga va xalqiga, shuningdek, halok bo‘lganlarning oila a’zolari hamda yaqinlariga chuqur hamdardligimizni bildiramiz. Ushbu hodisada jarohat olganlarga tezroq sog‘ayib ketishlarini tilaymiz”, deb yozdi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov.

11 oktyabr kuni Misrning Sharm ash-Shayx shahrida G‘azo bo‘yicha muzokaralarga ketayotgan Qatar diplomatlari avtohalokatga uchradi.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida delegatsiyaning 3 nafar a’zosi halok bo‘lgan. Yana uch kishi Sharm ash-Shayx xalqaro shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid