Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar yolg‘izlik hayot uchun xavfli ekanligi haqida ogohlantirishdi
Inson o‘zini yolg‘iz his qilganida, miya buni jismoniy og‘riq bilan teng xatar deb qabul qiladi va stress reaksiyasini ishga tushiradi. Natijada stress gormonlari miqdori oshadi, organizm esa himoya rejimiga o‘tadi.
Foto: Unsplash
Avstraliyalik tadqiqotchilarning ma’lum qilishicha, yolg‘izlik insonning ruhiy va jismoniy salomatligiga bevosita ta’sir qiladi.
Olimlarning izohiga ko‘ra, inson biologik jihatdan boshqalar bilan munosabatda bo‘lish uchun «dasturlangan». Yashashning muhim mexanizmlaridan biri ijtimoiy muloqot hisoblanadi – bunda miyaning deyarli barcha qismlari ishtirok etadi.
Inson o‘zini yolg‘iz his qilganida, miya buni jismoniy og‘riq bilan teng xatar deb qabul qiladi va stress reaksiyasini ishga tushiradi. Natijada stress gormonlari miqdori oshadi, organizm esa himoya rejimiga o‘tadi.
Muloqot va ruhiy qo‘llab-quvvatlash esa aksincha, xavotirni kamaytiruvchi oksitotsin moddasi ishlab chiqarilishini faollashtiradi hamda xavfsizlik hissini kuchaytiradi. Ijtimoiy munosabatlar tushkunlik, yurak kasalliklari va demensiyaga chalinish xavfini kamaytirai.
Shuning uchun olimlar hamisha tabassum qilish, yaqin insonlar bilan hech bo‘lmaganda telefon orqali suhbat qurish yoki qiziqish doirasi bir xil bo‘lgan insonlar davrasida bo‘lishni maslahat berishgan. Ularning ta’kidlashicha, qisqa muddatli muloqot ham stressni kamaytiradi va kayfiyatni yaxshilaydi.
Mavzuga oid
21:48 / 10.10.2025
Stressdan xalos bo‘lishning eng oddiy yo‘li: tabiat qo‘ynida 20 daqiqa vaqt o‘tkazish tanamizni qanday quvvatlaydi?
18:29 / 04.10.2025
Stressning sezilmas manbai: yolg‘on gapirish va uni yashirish salomatlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?
17:00 / 10.08.2025
Stress ayol organizmiga qanday zarar yetkazadi? Bepushtlikdan yurak xurujigacha
19:02 / 01.07.2025